Keramzit-beton




Keramzit-beton - yengil beton turi; toʻldirgich sifatida keramzit, qovushtirgich sifatida sement, gips, sintetik smolalardan foydalaniladi. K-b.ning issiqlikdan izolyasiyalovchi, konstruktiv-izolyasiyalovchi va konstruktiv xillari bor. Ularning hajmiy massalari 350 – 1800 kg/m3, qisilishga mustahkamligi 0,5 — 50 MPa. K-b.dan bino va inshootlarning koʻtaruvchi va toʻsuvchi qurilmalari (konstruksiyalari) tayyorlanadi, shuningdek, kemasozlikda ham ishlatiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz