Kenzaburō Ōe




Oe Kenzaburo (1935.31.1, Exime pre-fekturasi, Yaponiya — 13-mart 2023-yil) — yapon yozuvchisi. Tokio oʻn-tining fransuz adabiyoti boʻlimini tugatgan (1959). Rable ijodini puxta oʻrgangan. 50-yillardan adabiyotga kirib kelgan. "Mol boqish" hikoyasi (1958) O.ga shuhrat keltirgan va Akutagava nomidagi mukofotga sazovor boʻlgan (1959). O.ning "Ke-chikkan yoshlar" (1962) romanida yosh avlod taqdiri, yoshligi tufayli urushga kechikkan va urushdan keyin maʼnaviy-axloqiy azobga duchor boʻlgan yosh fuqaroning fojiasi aks etgan. "Hayqiriq" (1963), "Shahvatparast odam" (1963) asarlarida biron-bir axloqiy majburiyat bilan bogʻlanmagan kishi tas-virlangan. "Shaxsiy tajriba" (1964) romanida hozirgi yoshlarning jamiyat oldidagi burchi, ularning axloqiy izlanishlari muammosi koʻrsatilgan. Xirosima fojiasi, insoniyat taqdiridan xavotirlanish gʻoyalari "Xirosima xotiralari"da (1966), "1860-yil futboli" (1967), "Suvlar meni ruhimgacha bagʻriga oldi" (1—2-qism, 1973), "Xaloskorning esdaliklari" (1976) romanlarida aks ettirilgan. "Tengqurlar oʻyini" (1979) ijtimoiy romani Yaponiyaning oʻtmishi va kelajagi haqida. Nobel mukofoti laureati (1994)..

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz