Kentov




Kentau — (qoz. Кентау) Qozogʻistonning Janubiy Qozogʻiston viloyatidagi shahar (1955-yildan). Qoratov tizmasi yon bagʻrida, 250–300 m balandlikda, Chimkentdan 225 km shimoli-gʻarbda, Turkiston temir yoʻl stansiyasidan 40 km joylashgan. Aholisi 61,860 kishi (2012).

Aholisi



Shahar aholisi 2013-yilgi statistika boʻyicha (qishloq okruglari bilan qoʻsha hisoblaganda) 90,171 kishini tashkil qildi. Aholining milliy tarkibi quyidagicha:

Shahar tashkil topgan vaqtda ruslar koʻplab koʻchib kela boshladi, ulardan boʻlak yunonlar, olmonlar, koreyslar, chechenlar ham koʻchib kelishdi.

Milliy tarkibi



2022-yil 1-yanvar oyidagi hisobotga koʻra shahar aholisi 209 325 kishini tashkill qildi. Qozogʻiston Respublikasidagi aholisining deyarli yarmini oʻzbeklar tashkil qiluvchi yagona shahar hisoblanadi. Shahar aholisining milliy tarkibi quyidagicha:

Sanoati



Shaharda polimetall rudalari boyitiladi. Ekskavator va transformator zavodlari, temir-beton konstruksiyalari zavodi, kon-metallurgiya texnikumi bor.

Ijtimoiy soha



Shaharda madaniyat uyi, markaziy kutubxona, park, kinoteatr, „’’Kentau shugʻilasi’’“, „Kentau“ nomli shahar gazetalari, shahar „Inkar“ telekanali faoliyat yuritadi. Kentau shahrida Xalqaro qozoq-turk universitetining ekologiya, tibbiyot fakultetlarning filiallari, musiqa, tasviriy sanʼat, sport, „Darin“ maktablari, maktab-gimnaziya, kasbi-texnik maktabi, togʻ-kon metallurgiya kolledji, agrokolledj bor.

Galereya




Manbalar




Havolalar





uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz