Kennya Cordner




Kennya Kinda Ester Cordner (1988-yil 11-noyabrda tugʻilgan) — tobagoniyalik professional futbolchi, Turkiya „Kadinlar“ Superligasining „Fenerbahce“ klubida va Trinidad va Tobago ayollar terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Yoshlik davri



Cordner Tobagoning Speysayd shahrida tugʻilib, oʻsgan va u yerda Signal Hill Secondary Comprehensive mashgʻulotlarida qatnashgan. Cordner futbolni tanlashida Signal Hillning hissasi katta edi.

Young Harris kolleji



Cordner Amerika Qoʻshma Shtatlarining Jorjiya shtatida joylashgan Young Harris kollejida tahsil olgan. Mountain Lions jamoasi tarkibida 2006-yilda u 18 ta gol urib, 9 ta golli uzatmani amalga oshiradi. 2007-yilda esa 17 ta oʻyinda maydonga tushib, 37 ta gol uradi va 13 ta golga assistentlik qiladi. U jami mavsum davomida 87 ta golga assistentlik qilib, ayollar oʻrtasida yuqori oʻrinlarni egallaydi.

Jamoalardagi faoliyati



Northampton Laurels FC
2006-yilda Cordner oʻsha paytda Amerika Qoʻshma Shtatlarida mavjud boʻlgan ayollar professional futbolining eng yuqori divizioni boʻlgan WPSLda Northampton Laurels FC bilan shartnoma imzolaydi. U shartnoma imzolangan paytda jamoa WPSL Sharqiy konferensiyasida — Janubiy divizionda uchinchi oʻrinni egallagan edi. Cordnerning birinchi oʻrinda ketayotga jamoa Adirondack Lynxga qarshi uchrashuvda kiritgan goli jamoasiga gʻalaba keltiradi va bu gʻalabadan keyin Nortemptonning pley-offdagi oʻrni yanada mustahkamlanadi.

Kvarnsvedens IK
Cordner 2009-yilgi mavsumda Shvetsiyaning Kvarnsvedens IK jamoasi bilan shartnoma imzolaydi. Cordner ushbu jamoa tarkibida beshta gol uradi.

Brisbane Roar
Cordner 2010-2011-yilgi mavsumning qolgan ikki oyi uchun Brisben Roar FC bilan shartnoma imzolaydi. Uning imzolanishi haqida u shunday dedi: „Bu yerda (Avstraliyadagi) futbol sifati milliy futboldan tashqari oldingi uchrashuvlarimga qaraganda ancha yuqori va bu mening o‘yinimni yaxshilashiga yordam beradi. Bu mening faoliyatim uchun juda muhim, chunki men nafaqat yaxshiroq oʻyinchi boʻlish imkoniyatiga egaman, balki oʻsib kelayotgan yosh oʻyinchilar uchun namuna boʻlish imkoniyatini ham qoʻlga kiritaman“. U toʻrtta oʻyinda jami 99 daqiqa maydonga tushadi va bitta gol uradi.

San Juan Jabloteh FC
Cordner 2011-yilning yozida Lucky Bakery ayollar Superligasining San Juan Jabloteh FC jamoasiga oʻtadi. Arima Giantsga qarshi oʻyinda u yettita gol urib, jamoani liga turnir jadvalida birinchi oʻringa olib chiqadi. Tunapuna Titansga qarshi yana bir oʻyinda u 9 ta gol uradi.

Seattle Reign FC Reserves
Cordner 2013-yilgi mavsum uchun NWSLning Seattle Reign FC Reserves jamoasi bilan shartnoma imzolaydi.

Seattle Reign FC
2013-yilning 19-iyunida Cordner Milliy ayollar futbol ligasining ilk mavsumida Seattle Reign FC jamoasi bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilinadi. Cordner klub safida ikkita o‘yinda maydonga tushdi va iyul oyi o‘rtalarida uning oʻrnini boshqa bir xalqaro futbolchi egallaydi.

Sportivo Limpeño
2016-yilda Cordner Paragvayning Sportivo Limpeño jamoasiga qoʻshiladi.

Xalqaro faoliyati



Cordner Trinidad va Tobago ayollar terma jamoasida ilk bor 15 yoshida maydonga tushadi. U jamoaning yetakchi toʻpurari darajasigacha koʻtariladi. 2011-yil iyul oyida Dominikaga qarshi ayollar olimpiya futboli saralash bahsida 9 ta gol uradi va uning terma jamoasi 15:1 hisobida gʻalaba qozonadi.

Xalqaro gollari




Yutuqlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz