Kenny Ryan
Kenny Ryan (talaffuzi: Kenni Rayan) (1991-yil 10-iyulda tugʻilgan) —amerikalik professional xokkeychi. Kenny Ryan hozirda erkin agent hisoblanadi. U yaqinda Shveysariya ligasida (SL) „HC Thurgau“ xokkey klubi bilan oʻynadi. Kenny Ryan „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubi safiga 2009-yilgi NHL kirish loyihasida 50-oʻrindagi tanlov asosida qoʻshilgan edi.
Oʻyin faoliyati
Kenny Ryan 2007-yildan boshlab ikki mavsum davomida AQSh milliy xokkey jamoasini rivojlantirish dasturi doirasida yoshlar xokkeyi oʻynadi. Kenny Ryan „Honeybaked AAA“ rivojlanish dasturidan jamoaga qoʻshildi. Kenny Ryan 2009—2010-yilgi mavsumda „Spitfires“ xokkey klubi safida debyut qildi. 2010—2011-yilgi mavsumda Kenny Ryan 60 ta oʻyinda 58 ochko toʻplagan edi.
Kenny Ryan „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubi safiga 2009-yilgi NHL kirish loyihasida 50-oʻrindagi tanlov asosida qoʻshildi.
2011-yil 26-mayda Kenny Ryan „Maple Leafs“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. „Leafs“ klubidagi birinchi mavsumida Ryan oʻz vaqtini jamoaning AHL filiali „Toronto Marlies“ xokkey klubi va ularning ECHL filiali „Reading Royals“ xokkey klublari oʻrtasida taqsimladi. 2013—2014-yilgi mavsum yakunlangach, „Leafs“ klubi Ryanga yangi shartnoma taklifini bildirmadi va natijada u 2014-yilning 1-iyulida erkin agentga aylandi.
Kenny Ryan 2014-yil 18-sentabrda professional sinov shartnomasi asosida „Colorado Avalanche“ xokkey klubining 2014 oʻquv-mashgʻulot yigʻinida qatnashish taklifini qabul qildi. Keyinchalik Kenny Ryan AHL filialiga, „Lake Erie Monsters“ oʻquv-mashgʻulot lageriga tayinlandi.
Mavsumdan keyin erkin agent sifatida qolgan Ryan „Anaheim Ducks“ xokkey klubining 2015-yilgi oʻquv-mashgʻulot yigʻinida qatnashish uchun sinovdan oʻtishga rozi boʻldi. Yigʻin yakunida Ryan klub safiga qabul qiulinadi va 2015-yil 28-sentyabrda AHL filiali „San Diego Gulls“ klubi bilan shartnoma tuzishga kelishib oldi.
Kenny Ryan 2017-yilning 28-avgustida ECHLning „Wheeling Nailers“ klubi bilan bir yillik shartnomaga rozilik berdi.
Shimoliy Amerikada oʻzining dastlabki 7 professional mavsumini oʻtkazganidan soʻng, Ryan 2018-yil 6-iyulda Shveysariya Ikkinchi ligasining vakili „HC Thurgau“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Shaxsiy hayoti
Ryan Michigan shtatining Franklin qishlogʻida tugʻilib oʻsgan va u yerda „Colorado Avalanche“ xokkey klubi himoyachisi Jack Johnson bilan qoʻshni boʻlgan.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
Xalqaro
Manbalar
uz.wikipedia.org