Kenjaboy Tilevmurotov




Kenjaboy Tilevmurotov (1929, Qoraqalpogʻiston, Moʻynoq tumani — 1997.17.12, Nukus) — Qoraqalpoq xalq baxshisi (1977). Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1969). Xoʻjayli shaqridagi ped. bilim yurtini (1948), Nukus ped. intini (1954) tugatgan. Gaz tahririyatlarida adabiy xodim, maxsus muxbir, teatrda aktyor, maktabda oʻqituvchi, direktor (1956—60), 1960-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston filiali N.Dovqorayev nomidagi Tarix, til va adabiyot institutida ilmiy xodim. 1976-yildan Qoraqalpogʻiston televideniyesi va radiosi qoshidagi "Muxalles" dutorchilar ansambliga rahbar.

Tilevmurotov baxshilik sirlarini erta oʻrgangan. Unga otasi Tilevmurot baxshi ustozlik qilgan. Kenjaboy baxshi otasidan "Yusuf Ahmad", "Xirmondali", "Sayodxon va Hamro" kabi dostonlarni, koʻplab xalq qoʻshiqlarini oʻrgangan. Xalq doston, terma va qoʻshikdariga oʻziga xos yoʻnalishda kuy bastalagan. Uning musiqiy repertuarida sof cholgʻu kuylari bilan bir qatorda, aytim (norma) kuylarining cholgʻu variantlari ham oʻrin egallagan. Moskva, Toshkent, Olmaota, Ashxobod, Ufa kabi shaharlarda oʻtkazilgan folklor festivallari hamda adabiyot va sanʼat dekadalarida ishtirok etgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1986).

Nasriddin Mamanazarov.

uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Kenjaboy Tilevmurotov haqida uzoqroq ma'lumot berish uchun quyidagilarni taqdim eta olaman. Ammo, afsuski, hozircha Kenjaboy Tilevmurotov haqida aniq va keng qamrovli ma'lumotlar mavjud emas. Agar u O‘zbekiston yoki boshqa mamlakatlardan mashhur shaxs, yozuvchi, olim, san’atkor yoki boshqa soha vakili bo‘lsa, iltimos, uning faoliyati, kasbi yoki boshqa tafsilotlar bilan tanishtirsangiz, men sizga to‘liqroq ma’lumot berishga harakat qilaman.

Agar sizga umumiy tarzda Kenjaboy ismi va Tilevmurotov familiyasi haqida ma’lumot kerak bo‘lsa:

Agar sizda qo‘shimcha savollar yoki aniqroq ma’lumot istagi bo‘lsa, iltimos, bildiring!



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz