Keniya ayollar milliy futbol terma jamoasi
Keniya ayollar milliy futbol terma jamoasi ayollar futbolida Keniya sharafini himoya qiladi va Keniya Futbol Federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
Tarixi
Keniyada birinchi ayollar ligasi va milliy terma jamoa 1985-yilda tashkil etilgan, oʻsha paytda dunyoning deyarli hech bir davlatida ayollar terma jamoasi yoʻq edi. Keniya ayollar milliy futbol terma jamoasi „
Harambee Starlets “ laqabi astida maydonga tushar edi va oʻsha vaqtlarda Keniya ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinchilari toʻliq vaqtli professional oʻyinchilar emas edi.
1998-yil 22 sentyabrda Nayrobida boʻlib oʻtgan oʻyinda Keniya ayollar milliy futbol terma jamoasi Janubiy Afrika Respublikasi milliy terma jamoasini 1:0 hisobida magʻlub etdi. Ikki kundan keyin oʻsha shaharda boʻlib oʻtgan oʻyinda Keniya ayollar milliy futbol terma jamoasi Janubiy Afrika terma jamoasiga 1:2 hisobida magʻlub boʻlishgan. 2002-yilda terma jamoa faqat bitta oʻyin oʻtkazdi. Jamoa 2003-yilgi Olimpiadaga saralash bahslarida ishtirok etgan. 2004-yilda Keniya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2 ta oʻyin oʻtkazgan.
Keniya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2006-yilda Afrika ayollar millatlar kubogi saralash oʻyinlarida ishtirok etgan. 2006-yilda jamoa 3 ta oʻyin oʻtkazgan. 2006-yilda terma jamoa haftasiga 3 marta mashgʻulot oʻtkazgan. Jibuti ayollar futbol milliy terma jamoasi 2006-yil 26-mart kuni Nayrobida Keniya ayollar milliy futbol terma jamoasi bilan o‘ynadi. Suhbu oʻyinda Keniya ayollar milliy futbol terma jamoasi 7:0 hisobida g‘alaba qozondi va birinchi bo‘limning oʻzida 4:0 hisobida oldinda edi. 2006-yil 22-iyulda Keniya Yaounde shahrida Kamerun ayollar terma jamoasi bilan oʻynadi. Kamerun terma jamoasi 1-bo‘limda 2:0 hisobida oldinda bo‘ldi va o‘yinda jami 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. 2006-yil 5-avgustda Keniya ayollar milliy futbol terma jamoasi Nayrobida Kamerun terma jamoasi bilan oʻynadi. Kamerun terma jamoasi yana 1-boʻlimning oʻzida 3:0 hisobida oldinda edi va oʻyinda 5:0 hisobida gʻalaba qozondi. 2007-yilda Afrika oʻyinlari saralash turnirida Keniya ayollar milliy futbol terma jamoasi Tanzaniya ayollar termaa jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etdi.
Rivojlanishi
Ayollar futboli mamlakatda 1990-yillarda mashhurlikka erishdi. 1993-yilda ushbu mashhurlik ayollar tomonidan boshqariladigan Keniya Ayollar Futbol Federatsiyasining tashkil etilishiga olib keldi, u tashkil etilganidan 1996-yilgacha boʻlgan davrda mamlakatni bir necha bor xalqaro turnirlarda himoya qilgan milliy terma jamoani tashkil qildi. 1996-yilda Keniya Ayollar Futbol Federatsiyasi FIFA bosimi ostida bekor qilindi va ayollar futboli Keniya Futbol Federatsiyasiga boʻysundi va ayollar futboli tashkilotda quyi qoʻmita tomonidan tartibga solindi. Futbol mamlakatdagi ayollar uchun eng ommabop sport turlaridan biri boʻlib, voleybol, basketbol va chim ustida xokkeydan keyin toʻrtinchi oʻrinda turadi. 1999-yilda Keniyadan kelgan ayol hakam Yoxannesburgda Nigeriya va Janubiy Afrika ayollar terma jamoalari oʻrtasidagi oʻyinni boshqargan va oʻyindan tashqari holatni payqay olmay golni hisobga olganligi uchun muxlislar tomonidan yomon munosabatda boʻlgan. Oʻyinda muxlislar unga gʻisht tashlashganligi sababli keyinga qoldirilgan. 2006-yilda 7776 nafar ayol futbolchi roʻyxatga olingan boʻlib, ulardan 5418 nafari 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar va 2358 nafari kattalar futbolchilar edi. Bu koʻrsatkich 2000-yilda 4915 nafar, 2001-yilda 5000 nafar, 2002-yilda 5500 nafar, 2003-yilda 6000 nafar, 2004-yilda 6 700 nafar va 2005-yilda 7 100 nafar edi. 2006-yilda mamlakatda jami 710 ta futbol jamoasi boʻlib, ulardan 690 tasi aralash gender jamoalari va 20 tasi faqat ayollardan iborat edi. 2006-yilda mamlakat boʻylab yetti xil ligada 3000 dan ortiq qizlar oʻynardi. 2011-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatini translyatsiya qilish huquqini Afrika teleradioeshittirish ittifoqi sotib olgan edi.
Keniya Futbol Federatsiyasi 1960-yilda tashkil etilgan va oʻsha yili FIFAga qoʻshilgan. Keniya ayollar milliy futbol terma jamoasining sport toʻplamiga qizil, yashil va oq koʻylaklar, qora shortilar va qora paypoqlar kiradi. Federatsiya tarkibida ayollar futboli bilan shugʻullanadigan toʻliq shtatli xodim yoʻq. Ayollar futboli federatsiyada maʼlum konstitutsiyaviy vakolatga ega xolos FIFA Keniya ayollar milliy futbol terma jamoasini 2004-yilda hukumatning futbol faoliyatiga aralashuvi tufayli uch oyga barcha futbol faoliyatidan chetlatgan edi. Mamlakat yangi nizomlar yaratishga rozi boʻlgach, taqiq bekor qilindi. 2006-yil 25-oktyabrda Keniya oʻz futbol federatsiyasidagi takroriy muammolarni hal qilish boʻyicha 2006-yil yanvarida tuzilgan kelishuvni bajarmagani uchun yana xalqaro futboldan chetlashtirildi. FIFA toʻxtatib turish amaliyoti federatsiya avval erishilgan kelishuvlarga amal qilmaguncha amalda boʻlishini maʼlum qilgan edi. COSAFA va FIFA 2010-yilda Sharqiy Afrikaning Keniya, Efiopiya, Uganda va Tanzaniya mamlakatlarida ayollar futboliga qoʻyilgan taqiqlar olib tashlanganligini tasdiqladi.
Jamoa tasviri
Jamoa laqabi
Keniya ayollar milliy futbol terma jamoasi „Harambi Starlets“ nomi bilan tanilgan.
Uy stadioni
Keniya ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz uy uchrashuvlarini Moi xalqaro sport markazida oʻtkazadi.
Murabbiylar shtabi
Hozirgi murabbiylar shtabi
Bosh murabbiylar tarixi
Keniya ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinchilari
Hozirgi tarkib
2021-yil 23-oktabrda Janubiy Sudan ayollar terma jamoasiga qarshi o‘yinda quyidagi futbolchilar Keniya ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan.
Keniya ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro turnirlardagi natijalari
Chempion Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin Toʻrtinchi oʻrin
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati
Olimpiada oʻyinlari
Afrika ayollar millatlar kubogi
Afrika oʻyinlari
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org