Kenigsberg ishgʻol qilingani uchun medali




Kenigsbergni ozod qilganlik uchun medali  — bu medal SSSRning yuqori hukumat prezidiumi ko‘rsatmasi tomonidan 1945-yil 9-iyunda taʼsis etilgan. Medal Germaniyaga qarashli Kenigsbergni ishg‘ol qilinishida bevosita ishtirok etganlarga, ishg‘olning tashkilotchilariga va jang operatsiyalari rahbarlariga berilgan. SSSR nishonlari orasida Budapesht olinganligi uchun medalidan keyingi o‘rinni egallaydi. 1987-yilgi maʼlumotlarga ko‘ra, ushbu medal bilan taqdirlanganlar soni deyarli 760 000 nafarni tashkil etgan.

Medal haqida



„Kenigsberg ishg‘ol qilingani uchun medali“ 32 mm diametrli to‘g‘ri doira shaklida latun metalidan tayyorlanadi. Medalning tashqi yuzi tomonida, o‘rtaga „Kenigsberg ishg‘ol qilingani uchun“ yozuv tushirilgan va yozuv ustida besh qirralik yulduz nur sochib turganligi tasvirlangan. Medalning orqa tomonida Kenigsberg shahri ishg‘ol qilinish sanasi „10 aprel 1945“ yozilib, uning ustida besh qirrali yulduzcha aks etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz