Kenichi Fukui




Kenichi Fukui (1918.4.10, Nara prefekturasi — 1998.9.1, Kyoto) — yapon kimyogari. Yaponiya Fanlar Akademiyasi aʼzosi (1983). Kioto universitetini tugatgan (1941), shu universitet professor (1951-yildan). Asosiy ilmiy tadqiqotlari kvant kimyosiga oid. Chegara orbitalar nazariyasiga asos solgan (1952), oraliq holat yoki faollangan kompleksning shakllanishi toʻgʻrisidagi tushunchalarni rivojlantirgan (1954—57), oʻz nazariyasini koʻp markazli faollangan komplekslar va turli katalitik reaksiyalarda qoʻllagan. Nobel mukofoti laureati (1981; Roald Hoffmann bilan hamkorlikda).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz