Kengkoʻl qabristoni




Kengkoʻl qabristoni - mil. 2 -4-asrlarga oid 100 ga yaqin mozorqoʻrgʻonlar guruhi. Qirgʻizistondagi Talas daryosining yuqori oqimida, Kengkoʻl daryosining Talas daryosiga quyilish joyida. 1938-yil A.N. Bernshtam topgan va uni gunnlarga mansub deb hisoblagan. 1938—39 va 1956—57-yillarda u yerda qazish ishlari olib borilib, quyidagilar aniqlandi: mayyitlar, asosan, yer osti yoʻlaklari orqali kiriladigan gumbazsimon hujra (kamera)larga va qisman yerga yakka-yakka va guruh-guruh qilib dafn etilgan, ularning baʼzilari yogʻoch tobutlarda va baʼzilari taxta toʻshaklarda yotibdi; jasadlarning irqiy tipi metislashgan (mongoloid irqqa xos belgilarga ega yevropeoidlar); bosh suyaklari shakli sunʼiy oʻzgartirilgan. K.q.dan topilgan ashyolar: turli sopol idishlar, yogʻoch kosalar, poynaklari temir va suyakdan qilingan kamon oʻklari, suyak qoplamali kamonlar, jez oynaklar, yogʻoch xontaxta va beshiklar, ipak kiyimlar, turli zebziynatlar, sopol chilimlar va b.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz