Keng ekranli kino




Keng ekranli kino - kinofilmlar keng ekranda namoyish qilinadigan kinematografiya turi. Filmni suratga olish va namoyish etishda anamorfot optikadan foydalaniladi, bunda tasvir gorizontal toraytirib kinoga olinadi va ekranga yoyib proyeksiyalanadi. Turli mamlakatlarda K. e. k. ning har xil tizimlari ixtiro qilingan. Hoz. rangli va stereofonik ovozli K. e. k. 1953-yilda yaratilgan. Ovoz 3 kanalga stereofonik yozib olinadi, film nusxalari 35 mm li kinoplyonkaga tushiriladi. K. e. k. kino sanʼatining tasvir imkoniyatini ancha kengaytiradi. Oʻzbekistonda 2000 ga yaqin keng ekranli kinoteatr ishlab turibdi (2002).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz