Kenes (Oqmoʻla viloyati)
Kenes (qozoqcha: Кеңес — Qozogʻistonning Oqmoʻla viloyati Oqkoʻl tumaniga qarashli qishloq bo'lib, u Kenesskiy qishloq okrugiga kiritilgan. KATO kodi - 113243200.
Geografiyasi
Kenes Oqko'l tumanining markaziy qismida bo'lib, tuman maʼmuriy markazi — Oqkoʻl shahridan 24 kilometr sharqda, Do'mbirali qishloq okrugi maʼmuriy markazidan esa 16 kilometr shimoli-sharqda joylashgan.
Dengiz sathidan balandligi 401 metr .
Iqlimi sovuq moʻtadil, namligi qulay. O'rtacha yillik havo harorati taxminan +3,1 °C ni tashkil qiladi. Iyul oyining oʻrtacha havo harorati +19,2°. Yanvar oyida esa tahminan -15,3°C. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 420 mm. Yogʻingarchilikning asosiy qismi iyun va avgust oylariga toʻgʻri keladi .
Kenes qishlog'iga yaqin bo'lgan aholi punktlari: sharqda Azat qishlogʻi, shimoli-gʻarbda Qaynar qishlogʻi, janubi-gʻarbda Doʻmbirali qishlogʻi.
Kenes qishlog'i yaqinidan KS-8 “Yangi Koluton – Oqkoʻl – Azat – Sazdi buloq” avtomobil yoʻli oʻtadi.
Aholisi
1989-yilda qishloq aholisi 427 kishi (shu jumladan qozoqlar 77 % kishi) bo'lgan .
1999-yilda qishloq aholisi 349 kishini (170 erkak va 179 ayol) tashkil qilgan. 2009-yilgi aholini ro'yxatga olish ma'lumotlariga ko'ra, qishloqda 664 kishi (323 erkak va 341 ayol) yashagan.
Ko'chalar[6]
Manbalar
uz.wikipedia.org