Kenes Karimov
Kenes Aytmuratovich Karimov (1948-yil 27-avgust, Chimboy tumani) — jurnalist, shoir, yozuvchi va davlat arbobi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi kengesi deputati. „Qoraqalpog‘iston xalq shoiri“, „Qoraqalpogʻiston Respublikasiga mehnati singan jurnalist“, “O‘zbekiston xalq yozuvchisi“ faxriy unvonlari, “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan. Hozirda Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Hayoti
U 1948-yil 27-avgustda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumanida tugʻilgan. 1975-yilda Qoraqalpoq davlat pedagogika institutini (hozirgi Nukus davlat pedagogika instituti) tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi qoraqalpoq tili va adabiyoti oʻqituvchisi.
Mehnat faoliyatini 1967-yilda „Erkin Qaraqalpaqstan“ gazetasida boshlagan. Yillar davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi turli gazeta va teleradiokanallarda faoliyat yuritgan. Soʻng „Erkin Qaraqalpaqstan“ va „Vesti Karakalpakiya“ gezetalarining bosh muharrri lavozimida ishlagan. 1983-yildan Yozuvchilar uyushmasining aʼzosi boʻlgan.
2020-yildan buyon Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi kengesi deputati. 2011-yildan Qoraqalpogʻiston Respublikasi yozuvchilar uyushmasi raisi.
Kenes Karimov Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2022-yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni oʻrganish boʻyicha Mustaqil komissiya aʼzosi.
Ijodi
Kenes Karimovning dastlabki sheʼrlari 60-yillarning oʻrtalaridan boshlab chop etila boshlagan.
She’riy to‘plamlari: „Oraliqlar“ (1980)
„Vaqt minorasi“ (1982)
„Unutilgan yarim oy“ (1984)
„Oroldan keldim“ (1985)
„Mening derazalarim“ (1985)
„Ko‘nglim mulki“ (2005) nomli
„Ustyurt dostoni“ she’riy manzumasi
Nasriy kitoblari: „Og‘abiy“ to‘rt romandan iborat roman-tetrologiyasi
“Ulug‘ dasht bo‘rilari”
“Oqqapchiq”
“Xusumat”
“Zardusht”
“Darvesh”
Kenes Karimovning bolalar uchun yozilgan „Oltin tanga“, „Ariq mergan“ pyesalari yosh tomoshabinlar teatr saxnasiga qoʻyildi.
U A. S. Pushkinning, A. Blok va Saadiyning asarlarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilgan.
Mukofotlari
Kenes Karimov 2004-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist, 2013-yil Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri, 2015-yil „El-yurt hurmati“ ordeni bilan taqdirlangan.
Manbalar
uz.wikipedia.org