Kenema




Kenema — Syerra-Leonedagi shahar, mamlakatning jan.-sharqida. Sharqiy provinsiyaning maʼmuriy markazi. Aholisi 300 ming kishidan ziyod (1990-yillar boshlari). Avtomobil yoʻllari tuguni. Xunarmandchilik rivojlangan. Mamlakatda yirik korxona — yogʻochsozlik kombinati ("Forest indastris" davlat kompaniyasi) mavjud boʻlib, mebel, yogʻoch plitalar va b. ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat sanoati (sholi oqlash, kofe, goʻshtni qayta ishlash va h.k.) korxonalari, avtomobil taʼmirlash ustaxonalari, olmosga ishlov berish korxonalari, issiklik elektr st-yasi, texnika instituti bor. Q. x. mahsulotlari bilan savdo qilinadigan markaz. K. yaqinida xromit konlari topilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz