Kendirdoshlar




Kendirdoshlar (Аросупасеае) — koʻp yillik oʻsimliklar oilasi. Daraxt, buta, liana va oʻtlardan iborat. Bargi oddiy, cheti tekis. Guli toʻgʻri, ikki jinsli, changchisi 5 ta, urugʻchisi 2 mevabargli, 2 uyali. Mevasi koʻsakcha, danakcha, rezavor-meva va b. Aksari turlarining poʻstloqlarida uzun, mayin, pishiq lub tolalari, baʼzan kauchukli boʻgʻimsiz sut naychalari bor. K.ning 150 turkumi, 1100 dan ortiq turi bor. Asosan, tropik va subtropiklarda, 9 turkumi moʻʼtadil iqlimli joylarda tarqalgan. Oʻzbekistonda boʻrigul va kendir turkumlari uchraydi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz