Kenan Kodro




Kenan Kodro (1993-yil 19 avgustda tugʻilgan) — bosniyalik professional futbolchi, Nemzeti Bajnokság I klubi Fehervar va Bosniya va Gersegovina terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



Ilk faoliyati



Kodro futbol oʻynashni mahalliy Antiguoko klubida boshlagan. 2008-yilda Real Sociedad klubi yoshlar akademiyasiga qoʻshigan. 2011-yilda Real Sociedad B tarkibida birinchi professional golini kiritdi. 2012-yil fevral oyida Lagun Onakga olti oylik ijaraga yuborildi.

Osasuna



2014-yilning yozida Kodro Osasunaga oʻtdi. Jamoadagi rasmiy debyutini 23-avgust kuni Barcelona B ga qarshi oʻtkazdi. 18-oktyabr kuni Osasuna safidagi birinchi golini Tenerife darvozasiga kiritdi va bu jamoasining gʻalabasini taʼminladi.

2015-yilning fevralida shartnomasini 2018-yilning iyunigacha uzaytirdi.

Mainz 05



2017-yil iyun oyida Kodro toʻrt yillik shartnoma asosida Germaniyaning Mainz 05 jamoasiga oʻtdi. 12-avgust kuni Lüneburger Hansaga qarshi DFB-Pokal oʻyinida klub safida debyut qildi. Bir hafta oʻtgach, Hannover 96 ga qarshi ligada debyut qildi.

2018-yilning fevral oyida Kodro yarim mavsumlik shartnoma asosida Shveysariyaning Grasshoppers oʻtdi. Faoliyatidagi ilk xet-trikini 21-aprel kuni Luganoga qarshi oʻyinda amalga oshirdi.

Copenhagen



Iyul oyida Kodro nomaʼlum pul evaziga Daniyaning Copenhagen klubiga oʻtdi. 12-iyul kuni UEFA Yevropa ligasi saralashida KuPSga qarshi oʻyinda jamoa safida rasman debyut qildi. Toʻrt kundan keyin Horsensga qarshi ligadagi debyutini oʻtkazdi. 26-iyul kuni Copenhagendagi birinchi golini Stjarnan darvozasiga kiritdi. Kodro 2-avgust kuni jamoadagi ilk xet-trikini qayd etdi. 7-oktyabr kuni Randersga birinchi ligadagi golini kiritdi.

Athletic Bilbao



2019-yil yanvar oyida Kodro Bilbaoning Athletic klubiga uch yarim mavsumlik shartnoma asosida qoʻshildi. Jamoa safida 10-fevral kuni Barcelonaga qarshi debyut qildi. 16-mart kuni „Athletic Bilbao“dagi ilk golini Atlético Madrid darvozasiga kiritdi.

2021-yilning yanvarida yarim mavsumga Valladolidga ijaraga berildi.

Fehérvár



Avgust oyida Kodro Vengriyaning Fehérvár jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Jamoadagi ilk rasmiy oʻyinini 28-avgust kuni Budapeshtning MTK jamoasiga qarshi oʻtkazdi va dubl qayd etishga muvaffaq boʻldi.

Xalqaro faoliyati



2017-yilning mart oyida Kodro Bosniya va Gersegovinaga birinchi marta JCh-2018 saralashida Gibraltar va Albaniyaga qarshi oʻyinlari oldidan chaqiruv oldi. 28-mart kuni Albaniyaga qarshi debyut qildi.

3-sentabr kuni 2018-yilgi Jahon chempionati saralashida Gibraltarga qarshi o‘yinda Kodro terma jamoadagi birinchi golini urdi.

Shaxsiy hayoti



Kodroning otasi Meho ham professional futbolchi boʻlgan.

Faoliyat statistikasi



Klub



13-noyabr, 2022-yil[28]

Xalqaro



23-sentyarb, 2022-yil[29]

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz