Ken Mattingly
Ken Mattingly (talaffuzi: Ken Mattingli 1936-yil 17-mart — 31-oktyabr 2023-yil) — amerikalik sobiq aviator, aviatsiya muhandisi, sinov uchuvchisi, Qoʻshma Shtatlar dengiz floti admirali. Ken Apollon 16, STS-4 va STS-51-C missiyalarida uchgan kosmonavt hisoblanadi.
Ken Apollon 13 missiyasida uchishi rejalashtirilgan edi, biroq u uchirilishidan uch kun oldin nemis qizamiqi bilan kasallanganligi sababli uning oʻrnini Jack Swigert egalladi. Keyinchalik Ken Apollon 16 uchun qoʻmondon moduli uchuvchisi sifatida oyga uchdi. Ken Oyga uchgan 24 kishidan biri hisoblanadi. Ken va “Apollon 16” komandiri John Young Oyga uchib, kosmik kemaning orbital missiyasini amalga oshirgan yagona odamlardir.
Apollon 16 ning Yerga qaytishi paytida, Ken kosmik kemaning tashqi qismidan, (qoʻmondonlik va xizmat koʻrsatish moduli) plyonkali kasetlarni olish uchun ekstravehikulyar faoliyatni (EVA) amalga oshirdi. 2022-yil holatiga koʻra, ushbu EVA Apollon dasturining J-missiyalari davomida amalga oshirilgan uchta EVAdan biri boʻlib qolmoqda.
Bolaligi va taʼlim
Ken 1936-yil 17-martda Chikagoda (Illinoys shtati) Thomas Kenneth Mattinglyli (1903—1995) va Constance Mason (qizlik familyasi: Clarke 1905–1997) oilasida tugʻilgan. Ken tugʻilgandan soʻng koʻp oʻtmay otasi oilani Florida shtatining Hialeah shahriga koʻchirdi. Aviatsiya Kenning yoshlik davridanoq hayotining bir qismiga aylandi.
Ken Amerikaning Boy Skautlarida faol boʻlib, u ikkinchi eng yuqori daraja (Life Scout) ga erishdi. U 1954-yilda Mayami Edison oʻrta maktabini tamomlagan va 1958-yilda Obern universitetida aviatsiya muhandisligi boʻyicha bakalavr darajasini olgan.
Harbiy martaba
Ken 1958-yilda AQSh harbiy-dengiz kuchlariga kelib qoʻshildi. Soʻngra u Virginia shtatidagi Okeana dengiz havo stantsiyasida 35-hujum otryadiga (VA-35) tayinlanib, USS samolyot tashuvchisi bortida A-1H Skyraider samolyotida uchgan. 1963-yil iyul oyida u Florida shtatidagi Sanford harbiy-dengiz havo stantsiyasida Ogʻir hujumlar otryadida (VAH-11) xizmat qildi. Ken u yerda ikki yil davomida A-3B Skywarrior samolyotida parvoz qilgan.
Ken Kaliforniyadagi Edvards havo kuchlari bazasidagi AQSh harbiy-havo kuchlari sinov uchuvchilar maktabiga oʻqishga kidi. Ken u yerda boʻlajak astronavtlar Edgar Mitchell va Karol J. Bobko bilan tanishgan.
Ken 7200 soat parvoz vaqtiga ega boʻlib, shundan 5000 soati reaktiv samolyotlarga toʻgʻri keladi.
NASA faoliyati
Tanlash va oʻqitish
1965-yil 10-sentyabrda NASA beshinchi astronavtlar guruhini tanlash jarayonini boshladi. NASA 351 nafar arizachidan, 159 nafar nomzodni tanlab oldi. Nomzodlarga qoʻyilgan yana bir shart, ular reaktiv samolyotda kamida 1000 soat parvoz vaqtiga ega boʻlishlari kerak edi. Ken ilgari astronavtlar dasturiga ariza berishga unchalik qiziqish bildirmagan. Biroq Harbiy havo kuchlari sinov uchuvchilar maktabida va uning sinfida NASA yoki USAF boshqariladigan orbital laboratoriya dasturiga ariza topshirish imkoniyati taklif qilinganida, uning qarashlari oʻzgardi. Ken NASAga qoʻshilish uchun suhbatdan oʻtishi kerak edi. Suhbat oʻtkazib, boʻlajak astronavtlarni tanlash uchun astronavtlar idorasi vakillari John W. Young va Michael Collins taklif etildi. Kendan Michael Collins F-104 haqida gapirib berishini soʻradi va Ken „qiziqarli samolyot“ deb javob berdi. Bu savolga javob u qadar toʻgʻri emasdak tuyuldi, Ken ham oʻz imkonyatlarini qoʻldan boy berganday his qildi. Biroq, tanlov jarayoni tugagandan soʻng, Ken Deke Slayton tomonidan kosmonavt boʻlish taklifi bilan chaqirildi.
Tanlangan vaqtda Ken 2582 soat parvoz tajribasiga ega boʻlib, shu jumladan reaktiv samolyotda 1036 soat boʻlgan. Ken, muhandislik hamda biologiya fanlari boʻyicha bakalavr darajasiga ega boʻlgan. NASA 100 nafar harbiy xizmatchi va 59 nafar fuqarolik nomzodidan 19 nafar astronavtni guruhga qoʻshilish uchun tanladi.
NASA Kenni aprel oyida astronavt sifatida tanlagan vaqtda, u dengiz flotida leytenant hamda Kaliforniyaning Edvards AFB shahridagi Havo kuchlari aerokosmik tadqiqot uchuvchilar maktabida talaba boʻlgan.
Apollon 8 va Apollon 11
Dastlab, Ken Apollon 8 ni qoʻllab-quvvatlovchi ekipajning bir qismi edi. Kenn Apollon 8 ning ikkinchi televizion uzatilishida CAPCOM sifatida xizmat qilgan.
Ken William Anders bilan parallel ravishda Apollon 11 uchun zaxira qoʻmondon moduli uchuvchisi sifatida mashq qildi.
Apollon 13
Kenning birinchi asosiy vazifasi Apollon 13 missiyasida qoʻmondon moduli uchuvchisi boʻlish edi. Missiya boshlanishidan uch kun oldin, u nemis qizamiqi bilan kasallanganligi sababli (u hech qachon yuqmagan) missiyadan chetlashtirildi va uning oʻrniga CMning zaxira uchuvchisi Jack Swigert tayinlandi.
Apollon 16
Keni Apollon 16 da uchadigan ekipajga biriktirildi (1972-yil 16-27-aprel). Ekipaj tarkibiga John Young (qoʻmondon), Ken (qoʻmondon moduli uchuvchisi) va Charlie Duke (Oy moduli uchuvchisi) kirgan. Apollon 16 misssiyasining maqsadi Dekart krateri yaqinidagi oy togʻlaridan namunalar toʻplash edi. Oy orbitasida 26 ta imiy tajribalar oʻtkazildi.
Missiyaning qaytish bosqichida Ken xizmat modulining yon tomonidagi boʻshligʻidan kino va maʼlumotlar paketlarini olish uchun ekstravehikulyar faoliyatni (EVA) amalga oshirdi. Missiya Apollon 16 kosmik kemasining bir nechta nosozliklari tufayli bir kun oldin tugatildi, barcha asosiy maqsadlar amalga oshirildi.
Space Shuttle parvozlari
Ken yerga qaytib kelgach, Kosmik kemani ishlab chiqish dasturida astronavt boshqaruv lavozimlarida ishladi.
Ken Space Shuttle kemasining toʻrtinchi va oxirgi orbital sinov parvozi boʻlgan STS-4 qoʻmondonligiga tayinlandi. Parvoz 1982-yil 27-iyunda Florida shtatidagi Kennedi kosmik markazidan amalga oshirilgan. Bu yetti kunlik missiya davomida: uzoq muddatli termal ekstremallarni orbitaning quyi tizimlariga taʼsirini doimiy ravishda oʻrganish; ekipaj orbital kabinasi va foydali yuk boʻshligʻida joylashgan bir nechta ilmiy tajribalarni oʻz ichiga olgan.
Ekipaj Kaliforniyadagi Edvards havo kuchlari bazasiga qoʻngunga qadar yerning 112 orbitasini aylanib chiqdi. Ekipaj yerga qoʻnganidan soʻng, Henry Hartsfield va Thomas Mattinglyni prezident Ronald Reagan kutib oldi.
STS-51-C mudofaa departamentining birinchi kosmik kemasi 1985-yil 24-yanvarda Florida shtatidagi Kennedi kosmik markazidan uchirilgan. Ekipaj tarkibiga Mattingly (kosmik kema qoʻmondoni), Loren Shriver (uchuvchi), James Buchli va Ellison Onizuka (missiya mutaxassislari), Gary Payton (DOD yuk tashish boʻyicha mutaxassis) kirgan.
NASAdan keyingi martaba
Mattingly 1985-yilda NASAdan va 1986-yilda harbiy-dengiz flotidan admiral unvoni bilan nafaqaga chiqdi. U Grummanning kosmik stansiyasini qoʻllab-quvvatlash boʻlimida direktor boʻlib ishlagan. Keyin u Kaliforniyaning San-Diego shahrida General Dynamics uchun Atlas booster dasturini boshqargan. Mattingly Lockheed Martin kompaniyasida X-33 modelini ishlab chiqish dasturiga mas'ul vitse-prezident boʻlgan. U hozirda Virginiada, tizimlarni rejalashtirish va tahlil qilish boʻyicha ishlaydi.
Mattingly koʻplab tashkilotlarning aʼzosi. Jumladan Amerika Aeronavtika va Astronavtika Instituti dotsenti; Amerika astronavtika jamiyati xodimi; Eksperimental sinov uchuvchilari jamiyati va AQSh dengiz instituti aʼzosi.
Mukofot va unvonlar
Mattingly koʻplab mukofotlar sovrindori. U NASAning „Buyuk xizmatlari uchun“ medali bilan taqdirlangan; Jonson kosmik markazining maqtov sertifikati (1970); OAJ guruhining muvaffaqiyati mukofoti (1972); Harbiy-dengiz flotidagi alohida xizmat medali; Dengiz flotining ekspeditsion medali; Milliy mudofaa xizmati medali; NASA kosmik parvoz medali; Dengiz kuchlari astronavt qanotlari; SETP Ivan C. Kincheloe mukofoti (1972); Delta Tau Delta Achievement mukofoti (1972); Auburn bitiruvchilari muhandislari kengashining eng yaxshi muvaffaqiyat mukofoti (1972); 1972-yil uchun AAS Parvoz muvaffaqiyati mukofoti; 1973-yil uchun AIAA Haley Astronavtika mukofoti; 1973-yilda Xalqaro aviatsiya federatsiyasi Mattinglyni VM Komarov diplomi bilan taqdirladi; Mudofaa vazirligining “Buyuk xizmatlari uchun” medali (1982).
Mattingly 1983-yilda Apollon astronavtlari guruhi bilan Xalqaro fazoviy shon-shuhrat zaliga kiritildi. U 1997-yilda AQSH Astronavtlar shon-shuhrat zaliga kiritilgan 24 nafar Apollon astronavtlaridan biri boʻlgan.
Shaxsiy hayoti
1970-yilda u Elizabeth Daileyga uylandi. Ularning bitta farzandi bor.
Vafoti
Ken Mattingli 2023-yil 31-oktyabr kuni 87 yoshida AQSHda vafot etadi.
Ommaviy axborot vositalarida
Mattingly 1995-yilda Gary Sinise tomonidan " Apollon 13 " filmida tasvirlangan. U 1998-yilda HBO telekanalining „ Yerdan Oygacha“ serialida Željko Ivanek tomonidan tasvirlangan.
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org