Ken Ella
Arman Ken Ella (fransuzcha: Armand Ken Ella; 1993-yil 23-fevral Duala, Kamerun) — kamerunlik futbolchi, yarim himoyachi ampulasida oʻynaydi.
Biografiyasi
Klubdagi faoliyati
Futbolchi Ispaniyaning „Barselona“ yoshlar jamoasida oʻynagan, ammo 2011-yilning yozida jarohat olgan va uzoq vaqt futbolni tark etishga majbur boʻlgan. 2012-yil avgust oyi oxirida u „Karpati“ klubiga oʻtgan. Karpatiga koʻchib oʻtganidan keyin futbolchi asosan ikkinchi tarkibda maydonga tushgan. 2013-yil 13-sentabrda Ken Lvovning asosiy jamoasi safida debyut qilgan, debyutini u 64-daqiqada „Shaxtyor“ga qarshi kechgan gʻalabali oʻyinda Vadim Strashkevich oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan. 2013-yil 25-sentyabrda u Lvov uchun 2014-yilgi Ukraina kubogi 1/16 doirasida Sevastopolga qarshi oʻyinda kubok oʻyinida debyut qilgan. Futbolchi urgan gol bilan jamoasi 1/8 qismiga yoʻl olgan. 2014-yil yanvar oyida Ken ijara asosida vengriyaning Kaposvar Rakocsi jamoasiga koʻchib oʻtgan. Uning jamoa bilan shartnomasi iyun oxirigacha beligilangan. 2014-yil 30-iyun kuni Vengriyadagi ijara muddati tugagach, futbolchi „erkin agent“ maqomini olgan va Lvov klubini tark etgan.
2014-yil noyabr oyida futbolchi Nou Sanch jamoasidan Polshaning „Sandetsya“ klubiga oʻtgan. Shartnoma 2015-yil 31-dekabrgacha uzaytirish imkoniyati bilan imzolangan. 2016-yil 18-fevralda tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra Sandetsiya bilan shartnomani bekor qilgan va Polsha klubini tark etgan. Ken faoliyatini Janubiy Afrika Premyer-ligasining „Freed State Stars“ klubida davom ettirgan. 2017-yilning mart oyida Ken Ukraina birinchi ligasi klubi Petrovskiy Ingulets bilan shartnoma imzolagan. Jamo tarkibida 2019-yil oxirigacha toʻp surgan va barcha turnirlarda 63 ta rasmiy oʻyin oʻtkazgan, shuningdek, jamoa bilan mamlakat kubogining final bosqichiga chiqqan. 2020-yil boshida futbolchi Oʻzbekistonning „Mashal“ jamoasiga oʻtgan va keyingi yilning mart oyidgacha Oʻzbeksiton Super ligasida harakat qilgan. Oʻzbekiston klubini tark etgach Polshaning Sandetsya Birinchi liga klubi bilan shartnoma imzolagan. 2021-yil iyul oyida futbolchi Chernovtsining „Bukovyna“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan, u shu yilning oxirigacha jamoada oʻynagan va barcha turnirlarda 17 ta rasmiy oʻyinda maydonga tushib bitta gol urishga muvaffaq boʻlgan.
Terma jamoadagi faoliyati
Ken Kamerun yoshlar terma jamoasi tarkibida 8 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan.
Yutuqlari
Manbalar
uz.wikipedia.org