Kemping




Kemping (ing . camping) — avtomashinalarda sayohat qiluvchilar uchun chodirli yoki yengil tipda qurilgan uylari va avtomobillar turadigan joylari (bevosita chodirlar oldida yoki umumiy maydonchada) bor yozgi oromgoh. K.da yotoqxona (2—4 kishiga), oshxona, dushxona, yuvinish xonalari, roʻzgʻor buyumlarini ijaraga beradigan joy, avtomobillarni yuvish joyi va b. boʻladi. Baʼzan K. sport va raqs tushish maydonchalari, kino zali, aloqa boʻlimi va doʻkonlarni oʻz ichiga oladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz