Kembriy tog`lari




Kembriy togʻlari , Uels togʻl a r i — Buyuk Britaniyadagi togʻlar, Uels yarim orolda. Uz. 150 km. Koʻp qismining bal. 500—700, eng bal. joyi 1085 m (Snoudon togʻi). Togʻ-muz relyefli alohida marza doʻngliklar koʻtarilib qolgan qator yassitogʻlardan iborat. Asosan, vulkan jinslaridan, shuningdek, slanets, ohaktosh, qumtoshlardan tarkib topgan. Daryo va koʻl koʻp. 400— 600 m balandlikkacha keng bargli oʻrmonlar, oʻtloqlar, balandroqda torf va vereskzorlar bor. Toshkoʻmir, polimetall rudasi konlari topilgan. Kembriy sistemasi (davri)ga oid choʻkindi jinslar va qazilma organizmlar dastlab K.t.da oʻrganilgan. Rezervatlar tashkil etilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz