Kemal Ademi




Kemal Ademi (talaffuzi: Kamol Ademi)(1996-yil 23-yanvarda tugʻilgan) — shveytsariyalik professional futbolchi, Germaniya 2 Bundesliga klubi „Sandxauzen“jamoasida markaziy hujumchi sifatida oʻynaydi. Rossiyaning „Ximki“ klubidan ijaraga olingan.

Klubdagi faoliyati



Neuchâtel Xamax



2018-yilning 5-iyulida Ademi Shveysariya Superligasi jamoasi Neuchâtel Xamaks bilan bir yillik shartnoma imzolagan. Bir oy oʻtgach, u professional futbolchi sifatida debyutini „Sion“ga qarshi oʻyinda (3:0) oʻtkazgan va 46-daqiqada Tunaxon Chichek oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan.

Basel



2019-yilning 15-iyunida Ademi Shveytsariya Superligasining „Basel“ klubi bilan to‘rt yillik shartnoma imzolagan. Ademi bosh murabbiy Marsel Koller qoʻl ostida 2019—2020-yilgi mavsumda Baselning asosiy jamoasiga qoʻshilgan. U jamoadagi debyutini UEFA Chempionlar Ligasi 2019—2020-yilgi mavsum 2-saralash bosqichida 2019-yil 23-iyulda Philips Stadionda Gollandiyaning PSV Eyndxoven jamoasiga qarshi oʻtkazgan. U 89-daqiqada Albian Ajeti oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan.

Fenerbahçe



2020-yil 5-oktyabrda Ademi Super Lig klubi Fenerbahche bilan 3 yillik shartnoma imzolagan. Oʻn uch kundan soʻng, u birinchi marta ligada Fenerbahçening oʻyinchisi sifatida maydonga tushgan. Uning „Fenerbahçe“dagi keyingi oʻyini yetti kundan soʻng „Trabzonspor“ga qarshi boʻlgan (3:1). U oʻyinning 88-daqiqasida Mbwana Samatta oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan.

Fatih Karagümrük ijara
2021-yilning 1-fevralida Ademi mavsum oxirigacha Superliga vakili Fatih Karagümrükga ijaraga berilgan. Ikki kundan soʻng, u asosiy tarkibda „Gaziantep“ga qarshi oʻyinda debyut qilgan.

Ximki



2021-yilning 10-avgustida Ademi Rossiya Premyer-ligasining „Ximki“ klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagan va 9-raqamli libosni olgan. Olti kundan soʻng, u „Sochi“ga qarshi oʻyinda debyut qilgan, oʻyinning 83-daqiqada Denis Glushakov oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan.

2022-yilning 16-avgustida Ademi 2022—2023-yilgi mavsum uchun Germaniyaning SV Sandxauzen klubiga ko‘chib o‘tgan.

Xalqaro faoliyati



Ademi Germaniyaning Villingen-Schvenningen shahrida tugʻilgan va Shveytsariyaning Herisau shahrida oʻsgan. U xalqaro miqyosda Kosovo, Albaniya va Shveytsariya, shuningdek, tugʻilgan joyi Germaniya sharafini himoya qilish huquqiga ega boʻlgan. 2020-yil 25-iyun kuni Shveytsariya futbol assotsiatsiyasi FIFA Ademining mamlakatda deyarli o‘n to‘rt yil qolib, Shveytsariyada o‘ynash haqidagi iltimosini qabul qilganini eʼlon qilgan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz