Kelvin Uilyam




Lord Kelvin yoki William Thompson, Baron Kelvin (inglizcha: William Thomson, 1st Baron Kelvin; 26-iyun 1824-yil, Belfast  – 17-dekabr 1907-yil, Largs, Glazgo yaqinida; Vestminstr abbatligida dafn etilgan) — ingliz fizigi, termodinamika va gazlar kinetjasi nazariyasi asoschilaridan biri. London qirollik jamiyati aʼzosi (1851-yildan) va prezidenti (1890—95). Kembrij universitetni tugatgan (1845).

Ilmiy xizmatlari uchun unga 1892-yilda baron Kelvin unvoni berilgan. Ilmiy ishlari fizika, matematika va texnikaning turli sohalariga oid. U tasvir olishning elektr usulini ishlab chiqqan (1845). Fizikaga mutlaq temperatura va uning nomi — Kelvin shkalasi nomi bilan ataluvchi termodinamik temperatura shkalasi tushunchalarini kiritgan (1848), Rudolf Clausius mustaqil ravishda termodinamikaning ikkinchi qonunini taʼriflagan (1851) va energiyaning sochilishi iborasini fanga kiritgan. Koinotning „issiqlik halokati“ gipotezasini aytgan. Termoelektr hodisalarnint termodinamik nazariyasini yaratgan, James Prescott Joule bilan birga Joule–Thomson effektini (1853—54), Thomson effektini kashf etgan (1856). 1870-yilda toʻyingan bugʻ elastikligining suyuqlik sirti shakliga bogʻliqligini aniqlagan. Thomsonning ilmiy ishlari, shuningdek, gidrodinamika, astrofizika, geofizikaning turli masalalariga oid. Ideal suyuqlikda sirkulyatsiyaning saklanish qonunini yaratib, uyurmali harakat nazariyasiga asos solgan. Thomson koʻpgina kashfiyotlar qilgan: kvadrant va mutlaq elektrometrlar hamda dengiz asboblarini yaratgan; magnit kompasi, koʻzgu galvanometri va boshqa asboblarni mukammallashtirgan. Transatlantik kabel orqali telegraf aloqani uzatishni amalga oshirish qatnashchisi.

Manbalar





U 1834-yilda Unversitet imtihonlaridan oʼtadi va dunyoning eng yosh talabasiga aylanadi.

uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Kelvin Uilyam — bu ingliz tilida yozilgan ism, bu ism odatda "Kelvin William" shaklida ishlatiladi. "Kelvin" va "William" ingliz tilidagi erkak ismlari bo‘lib, ularning har biri alohida ma'noga ega.

Kelvin — bu ism asosan ingliz tilida ishlatiladi va u fizik olim Lord Kelvin (Vil'yam Tomas Uaylm) nomidan kelib chiqqan. Lord Kelvin ism-sharafi fizikada temperaturani o‘lchashda ishlatiladigan Kelvin darajasi bilan bog‘liq. Kelvin — bu absoluta noldan boshlangan harorat o‘lchov birligi.

William — ingliz tilidagi keng tarqalgan erkak ismi bo‘lib, u nemis tilidagi "Wilhelm" so‘zidan kelib chiqqan. U "iroda" (will) va "himoya qiluvchi" (helm) degan ma’nolarga ega.

Agar siz "Kelvin Uilyam" yoki uning haqida aniqroq ma’lumot so‘rayotgan bo‘lsangiz, masalan, ma’lum bir shaxs yoki kasb sohasida taniqli kishi bo‘lsa, iltimos, qo‘shimcha ma’lumot bering, shunda men sizga aniqroq va to‘liqroq javob bera olaman.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz