Kelli Garner




Kelli Brianne Garner (1984-yil 11-aprelda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa boʻlib, turli mustaqil va asosiy filmlar, televideniye va teatr asarlarida rollar ijro etgan.

Janubiy Californiada tugʻilgan Garner oʻn yetti yoshida Larriy Clarkning Bully (2001) triller filmida oʻz debyutini amalga oshirgan, soʻngra Martin Scorsesening Aviator (2004) filmida Faith Domergue obrazini gavdalantirgan. 2005-yilda u New York sahnasida Dog Sees God. pyessasining Broadwaydan tashqari spektaklida dastlabki sahna rolini ijro etadi. Keyingi bir necha yil davomida Garner Thumbsucker (2005) mustaqil filmida, Man of the House (2005) komediyasida hamda Lars and the Real Girl komediya-dramasida (2007) bosh rollarni ijro etgan. 2008-yilda teatrga qaytgan aktrisa Dianne Wiestga bilan birgalikda The Seagull spektaklida ishtirok etgan.

Yoshligi



Garner 1984-yilning 11-aprelida Californiyaning Bakersfield shahrida tugʻilgan va oilasi Thousand Oaksga joylashgunga qadar bolalik davrlariini Newbury Park oʻtkazgan. Aktrisa oʻzini „uyatchan“ yosh qiz boʻlganman. deya taʼriflagan boʻlsa-da, doʻstining bariga ashrif buyurganida isteʼdodlar bilan ishlovchi agentning eʼtiborini tortadi. Shu bahonada, keyinchalik, Eggo reklama roligida oʻzini namoyon etadi. Thousand Oaks oʻrta maktabida talaba boʻlgan paytlarida 2000-yili rejissor Mike Millsning Architecture of Assurance qisqa metrajli filmida rol oʻynagan. Garner oʻrta maktabda iqtidorli sportchilardan boʻlgan va u aktrisa sifatida ishlashni boshlashdan oldin sport sohasida oʻzini sinab koʻrishni rejalashtirgan.

Faoliyati



Garner 2000-yilda Time Share televizion filmida ikkinchi darajali rolni ijro etgan. Aktrisa ushbu rolidan bir nechta qisqa metrajli filmlarda suratga tushgan. 2001-yilda u Larri Klarkning munozarali jinoiy triller Larry Clark (2001) filmida rol oʻynagan boʻlib, unda u oʻz tengdoshlaridan birini doʻstlari bilan uyushtirilgan qotillikda oʻldirgan, yosh, oʻspirin Heather Swallersni tasvirlagan; Mike Millsrning Architecture of Assurance qisqa metrajli filmidagi ijrosini koʻrganidan soʻng Garnerni filmda suratga tushishga rozi boʻladi. 1993-yilda Bobby Kentning oʻldirilishi haqidagi haqiqiy hayotga asoslangan filmdagi roli uchun tanqidchilarning olqishiga sazovor boʻldi.

Filmografiyasi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz