Kelinlar qo'zg'oloni (film)




Kelinlar qoʻzgʻoloni “ (ruscha: Бунт невесток) — taniqli oʻzbek rejissori Melis Abzalov 1984-yil yaratgan kinokomediya. Komediya Said Ahmadning shu nomli asari asosida olingan. „Kelinlar qoʻzgʻoloni“ sovet davrida olingan eng yaxshi oʻzbek kinokomediyalaridan biri hisoblanadi. Melis Abzalov 1982-yil yaratgan „Suyunchi“ filmidagi kabi „Kelinlar qoʻzgʻoloni“da ham qattiqqoʻl buvi haqida soʻz boradi.

Mazmuni



Farmon bibi (Tursunxon Jaʼfarova ijro etgan) mehribon, ammo juda qattiqqoʻl ona boʻlib, oʻzining yetti oʻgʻli va ularning oilalari bilan bir hovlida yashaydi. Eng kenja oʻgʻliga tushgan kelin Nigora Farmon bibiga qarshi „qoʻzgʻolon“ koʻtaradi, boshqa kelinlar esa uni qoʻllab-quvvatlaydi. Farmon bibi kelinlariga yon berishga va ularning talablarini bajarishga majbur boʻladi.

Rollarda




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz