Keles (daryo)




Keles (qozoqcha: Келес Keles) — Qozogʻistonning Jan. Qozogʻiston viloyati va Oʻzbekistonning Toshkent viloyatidagi daryo. Sirdaryoning oʻng irmogʻi. Uz. 241 km, havzasi mayd. 3310 km². Qorjontov tizmasidan boshlanuvchi Juzumduk va Jegergen soylarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Qoplonbek qishlogʻidan quyiroqda juda sayozlanib qoladi. Havzasi past togʻlarda boʻlganidan u qadar sersuv emas, daryoning tekislikka chiqish joyida (Gorniy qishlogʻi yonida) oʻrtacha yillik suv sarfi 5.72 m³/sek. Qor-yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Suvi fevraldan koʻpaya boshlaydi, aprelda eng koʻp, avgustda eng kam boʻladi. K.ning Uya, Qorjon, Oqparak va Koʻpak kabi irmoklari bor.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz