Kelajakka maktub
„Kelajakka maktub“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 1983-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Toʻplamdagi sheʼrlar „Vatan sogʻinchi“ hamda „Biz Donishqishloqdanmiz“ turkumlariga boʻlingan.
Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Anvar Obidjon – muharrir, B. Sharipov – rassom, R. Zufarov – rasmlar muharriri, G. Ahmadjonova – texnik muharrir, Sh. Shoumarova – musahhih. Kitob adadi – 35 000 nusxa. Toʻplam taqrizchisi – taniqli yozuvchi, tarjimon va tanqidchi Ibrohim Gʻafurov.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org