Kelajak muzeyi
Kelajak muzeyi — innovatsion va futuristik gʻoyalar, xizmatlar va mahsulotlar uchun koʻrgazma maydoni. BAAning Dubay shahrida joylashgan „Kelajak muzeyi“ uchta asosiy elementdan iborat: yashil tepalik, bino va boʻshliq. Dubai Future Foundation fondi tomonidan asos solingan. Mezey 2021-yilda ochilishi kerak edi, ammo oʻsha yilning dekabr oyida hali muzey holati toʻliq yakunlanmaganligi tufayli ochilmagan. Qurilish ishlari yakunlanganidan soʻng Birlashgan Arab Amirliklari hukumati muzeyni 2022-yil 22-fevralda ochdi Muzeyning aynan shu sanada ochilishining ham sababi mavjud edi. 2022-yil 22-fevral palindrom sanasi edi.
Ushbu muzeyni tashkil qilishdan maqsad texnologik rivojlanish va innovatsiyalarni, ayniqsa robototexnika va sunʼiy intellekt (AI) sohalarini rivojlantirish va ragʻbatlantirishdir.
Tarixi
Dubay hukmdori,BAA vitse-prezidenti va Bosh vaziri Muhammad bin Rashid Al Maktum 2015-yilning 4-martida Hukumat sammiti chogʻida namoyish etigan."Kelajak muzeyi"ni tashkil etish rejasini eʼlon qildi.
2016-yil 7-fevral kuni Muhammad bin Rashid 2016-yilgi Jahon hukumati sammiti doirasida yangi „Kelajak muzeyi“deb nomlangan koʻrgazmani ochdi. 2016-yil 24-aprelda Muhammad bin Rashid „Dubay Future Foundation“ tuzilmasini ishga tushirdi. Yangi tuzilmaga koʻra, „Kelajak muzeyi“ Dubai Future Foundation tarkibiga kirdi.
2022-yil 22-fevral kuni Dubayda yangi texnologiyalarni qamrab olgan Kelajak muzeyi rasman ochildi. Ochilish marosimi va muzeyni ochish huquqi Shayx Muhammad bin Rashid Al Maktumga berildi.Shuningdek muzey ochilish marosimida Dubay valiahd shahzodasi shayx Hamdan bin Muhammad bin Rashid Al Maktum va shayx Maktum bin Muhammad bin Rashid Al Maktum ham qatnashgan.
Koʻrgazmalar
2016-yil Butunjahon hukumati sammiti doirasida ochilgan „Kelajak muzeyi“ bir necha koʻrgazmalarga mezbonlik qiladi. Koʻrgazmalarning har biri turli sohalarda texnologiyaning roliga qaratilgan mavzulardan iborat boʻlgan.
Mexanik hayot koʻrgazmasi
2016-yil oktabr oyida Mechanic Life (Mexanik hayot) koʻrgazmasi tashkil etildi.Bu koʻrgazma robotlarda hissiyotlarni tushunish intellektini shakllantirishga qaratildi. Shuningdek, u sunʼiy intellekt va insonning oʻsishiga eʼtibor qaratdi.
Iqlim oʻzgarishi qayta koʻrib chiqildi: Dubay 2050
2017-yilda boʻlib oʻtgan koʻrgazmada 2050-yilda insoniyat global isish va iqlim oʻzgarishi taʼsiriga qaramay, radikal innovatsiyalarni qabul qilish orqali qanday rivojlanishi mumkinligini oʻrganishga qaratilgan mavzular qabul qilindi. U insoniyatning ekologik iziga hissa qoʻshadigan uchta asosiy omilga eʼtibor qaratdi, bular shaharsozlik, qishloq xoʻjaligi va global sanoatdir ..Oʻtkazilgan koʻrgazma natijasida global muammolarga yechim qidirildi va koʻplab yechimlar oʻrtaga qo;yildi.
Konsepsiya
Kelajak muzeyi loyihasini yaratishga uy-joy innovatsiyalari va tadqiqotchilar, dizaynerlar, ixtirochilar va moliyachilar jalb qilindi.
Muzeyda sogʻliqni saqlash, taʼlim, aqlli shaharlar, energetika va transport kabi bir qancha sohalarga bagʻishlangan innovatsion laboratoriyalar ham tashkil etildi. Shuningdek, muzey tadqiqot institutlari va universitetlar bilan hamkorlikda yangi ixtirolarni qoʻllab-quvvatlaydi va sinovdan oʻtkazadi.
Binoning tuzilishi
Dunyodagi eng murakkab tuzilmalardan iborat Kelajak muzeyi Killa Design arxitektura studiyasining loyihachisi Buro Happold tomonidan ishlab chiqilgan. Bino Green raiting (Yashil reyting) boʻyicha LEED Platinum reytingini olishni maqsad qilgan.
Muzey tashqi qismidagi derazalarga arab harflari bilan yozilgan iqtiboslarni koʻrish mumkin.Dubay Kelajak muzeyida yozilgan iqtibos Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti va Bosh vaziri Shayx Muhammad bin Rashid Al Maktumning uchta iqtibosidir:
· Biz yuz yil yashay olmaymiz, lekin yuz yilga arzigulik narsani yaratishimiz mumkin.
· Kelajak uni tasavvur qila oladigan, loyihalashtira oladigan va qura oladiganlar uchundir. Kelajak kutmaydi, kelajakni bugun loyihalash va qurish mumkin.
· Hayotning yangilanishi, sivilizatsiya rivoji va insoniyat taraqqiyotining siri bu yangilikdir.
„Kelajak muzeyi“ga oʻyib yozilgan iqtiboslar amirlik rassomi Matar Bin Lahej tomonidan yozilgan.
Killa Design va Buro Happold yangi parametrik dizayn va Bino maʼlumotlarini modellashtirish (BIM) vositalarini, jumladan, ichki poʻlat konstruktsiyasini oʻstirish uchun raqamli vositalardan foydalanadigan oʻsish algoritmini ishlab chiqdi.
Muzey turli koʻrgazmalarni oʻz ichiga oluvchi yetti qavatdan . Uchinchi qavat kosmik resurslarni rivojlantirish, ekotizimlar va bioinjeneriya, sogʻliq va farovonlikka qaratilgan koʻrgazmalarga qaratilgan. Boshqa qavatlar sogʻliqni saqlash, suv, oziq-ovqat, transport va energiya kabi sohalardagi muammolarni hal qiladigan yaqin kelajak texnologiyalarini namoyish etadi, oxirgi qavat esa bolalarga bagʻishlangan.
Tashabbuslar
2015-yil 30-iyun kuni Dubay dunyodagi birinchi toʻliq ishlaydigan 3D-bosma bino "Kelajak idorasi "ni qurish rejalarini oshkor qildi. Loyiha „Kelajak muzeyi“ning birinchi yirik tashabbusidir.
2016-yilning 17-fevralida Dubai Future Foundation joriy va kelajakdagi yaratiladigan ilovalarni yaratish hamda Blockchain dasturi orqali tranzaktsiyalarni tashkil etish uchun moʻljallangan Global Blokcheyn kengashining ishga tushirilishini eʼlon qildi.
2016-yil 28-mart kuni Dubai Future Foundation tuzilmasi tadqiqot, tadqiqot natijalari, vizual materiallar va infografikalarni arab tilida soddalashtirilgan va oson boʻladigan tarzda nashr etish orqali texnologiya va ilm-fan sohasining soʻnggi topilmalarini har kuni yoritib borish tashabbusi boʻlgan yangi portalni ishga tushirdi..Bu portalda barcha jahon standartlariga javob beradigan texnologiya texnologiyalar loyihalari arab tilida yoritib boriladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org