Kel, jonim




Kel, jonim “ (shunchaki „ Kel jonim “ oʻlaroq ham yoziladi) — oʻzbek xonandasi Ravshan Sobirov ijro etgan qoʻshiq. Dastlab 2004-yil eʼlon qilingan. Qoʻshiq soʻzini Husan Sodiqov yozgan, kuyini esa Sobirov bastalagan. Qoʻshiq si minor tonalligida ijro etilgan.

„Kel, jonim“ qoʻshigʻi Sobirov reperturadidagi eng taniqli taronalarning biridir. Qoʻshiq uchun Buxoro shahrida klip suratga olingan. Klip kadrlari Masjidi Kalon, Ulugʻbek madrasasi, Abdullaxon timi, Boloyi hovuz masjidi hamda Savva Morozov savdo uyi kabi meʼmoriy yodgorliklarda suratga olingan.

2013-yil „Kel, jonim“ qoʻshigʻining klub musiqasi janridagi remiksi eʼlon qilingan. Remiks Sobirovning „Sen bilgin“ nomli albomiga kiritilgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz