Keira Knightley
Keira Christina Righton (talaffuzi: Kira Kristina Rayton; qizlik familiyasi
Knightley (talaffuzi: Naytli); 26-mart 1993-yilda tugʻilgan) ingliz aktrisasidir. Oscar va BAFTA kinomukofotlariga nomzod boʻlgan.
Yoshligi
Keira Christina Knightley 26-mart 1993-yilda Londonda tugʻilgan. Otasi — Will Knightley, onasi — Sharman Macdonald. Knightley Teddington maktabida oʻqigan. Sakkiz yoshida unga disleksiya tashxis qilib qoʻyilgan. Uch yoshida Keira ota-onasidan ular kabi oʻz agentiga ega boʻlishini soʻraydi. Ota-onasi esa agar qiz qunt bilan oʻqisa, uning iltimosini bajarishga soʻz berishadi. Keira soʻngra qunt bilan oʻqib, maktabida eng aʼlochi oʻquvchilardan biriga aylandi. U doim maktabda muvaffaqiyat qozonishga uringan va oxirida buning uddasidan chiqqan. Bundan tashqari, Keira yoshligidan aktrisa boʻlishni ham juda xohlagan. Shu sababli, oʻqishdan tashqari maktab taʼtillarida u astoydil va uzoq muddat aktyorlik bilan shugʻullangan.
Filmografiyasi
Film
Televideniye
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org