Kei
Kim Ji-yeon (1995-yil 20-martda tugʻilgan),
Kei nomi bilan tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa. U 2014-yil noyabr oyida Janubiy Koreyaning „Lovelyz“ qizlar guruhi aʼzosi sifatida shuhrat qozongan. Kei rasman yakkaxon debyutini 2019-yil 8-oktyabrda „Over and Over“ deb nomlangan mini-albomi bilan amalga oshirgan. 2021-yil 16-noyabrda u „Lovelyz“ tarqatib yuborilganidan keyin shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilib, „Woollim Entertainmentni“ tark etgan. U oʻzining musiqiy faoliyatiga eʼtibor qaratish uchun 2022-yil yanvar oyida „Palm Tree Island“ guruhiga qoʻshilgan.
Faoliyati
U 2016-yilda JTBC kompaniyasining „Girls Spirit“ asosiy vokal tanlovida ishtirok etgan va „Matching“ veb-dramasida bosh rolga tayinlangan! Xuddi shu yili „Boys Archery Club“ dramasida ham rol ijro etgan. 1-sentyabr kuni u „Y“ qoʻshigʻini chiqargan. 26-oktyabr kuni u „HighGRND PLAYGRND“ leybli loyihasining bir qismi sifatida „Beautiful“ trekini yaratgan.
2017-yilda u turli shoularda ishtirok etdi. U 107-108-qismlar uchun „Agiley Mouse Jerry“ ishtirokchisi sifatida „King of Mask Singer“ tanlovida paydo boʻlgan. U, shuningdek, Kim Tae-Yonning „I“ qoʻshigʻini oʻzining versiyasida aytib turli festivallarda qatnashdi. U „Running Man“ va „Idol National Singing Competition“ tanlovlarida hakam sifatida ishtirok etgan.
2018-yilning 8-iyunida Kei 15-iyundan boshlab aktyor Choy Von-myong bilan birga „Music Bank“ koʻrsatuvi uchun yangi olib boruvchi boʻlishi eʼlon qilingan.
Manbalar
uz.wikipedia.org