Kegeyli




Kegeyli — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kegeyli tumanidagi shaharcha (1978 yildan). Tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Nukus (41 km). Aholisi 13,0 ming kishi (2000). Shaharcha hududidan Jilvonyop kanali oqib oʻtadi. Kegeylida hokimiyat binosi, 2 bank, madaniyat saroyi, markaziy kasalxona, maʼmuriy idoralar, 2 dehqon bozori, "Paraxat" xususiy korxonasi, maishiy xizmat uyi, avtokorxona va boshqa mavjud. Shaharchada 4 oʻrta maktab, kasb-hunar va oʻrta taʼlim litseylari, 2 madaniyat va istirohat bogʻi, "Doʻstlik" guzari "Tuyamoʻyin" suv saqlagichi bor.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz