Kees Luijckx




Kees Lyoks (niderlandcha: Kees Luijckx) 1986-yil 11-fevralda Niderlandiyada tugʻilgan. Gollandiyalik futbolchi Daniyaning „Silkeborg“ klubida himoyachi sifatida oʻynaydi. 2008-yil Pekindagi Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi.

Jamoalardagi faoliyati




Lyoks „AZ“ klubining bitiruvchisi hisoblanadi. 2006-yilda oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun u „Excelsior“ga ikki mavsumga ijaraga berildi. 2007-yil 3-noyabrda „Sparta Rotterdam“ga qarshi oʻyinda Kes „Excelsior“ safida ilk golini urdi. 2008-yilning yozida Lyoks „AZ“ga qaytdi. 28-noyabr kuni „Groningen“ga qarshi oʻyinda u oʻzining „Alkmaar“ klubi safida debyut qildi. Oʻsha mavsumda Kes Erediviziyada gʻolib chiqdi. 2010-yilda u yana ijaraga berildi va „ADO Den Xaag“ uning yangi klubiga aylandi. 23-yanvar kuni „Sparta“ga qarshi duelda Lyoks yangi jamoa safida debyut qildi. 26-fevral kuni „Rhoda“ga qarshi oʻyinda u „ADO“ uchun birinchi golini urdi.

Oʻsha yilning yozida Kes „NAC Breda“ga oʻtib, uch yillik shartnoma imzoladi. 8-avgust kuni oʻzining tugʻilgan „AZ“ jamoasiga qarshi duelda u yangi jamoada debyut qildi. „NAC“ uchun Lyoks uch mavsum oʻynadi va jamoaning etakchilaridan biri edi. Shartnoma muddati tugagach, u klubni tark etdi va „Roda“ bilan shartnoma imzoladi. 2-avgust kuni „Ayaks“ga qarshi oʻyinda Kes yangi jamoada debyut qildi. 24-avgust kuni oʻzining sobiq jamoasi „ADO Den Xaag“ga qarshi duelda u „Roda“ safida ilk golini urdi.

2014-yilning yozida Lyoks Gretsiyaning „Niki Volos“ klubiga oʻtdi. 23-avgust kuni Gretsiya Superligasida „Olimpiakos“ ga qarshi oʻyinda debyut qildi. 2015-yil boshida Kes Vengriya Videotoniga koʻchib oʻtdi. 16-may kuni „Xonved“ga qarshi duelda u Vengriya chempionatida debyut qildi. Oʻsha yili Lyoks Vengriya chempionligini qoʻlga kiritdi.

Oʻsha yilning yozida u Daniyaning „Sonderjysk“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. 25-sentyabr kuni „Odense“ga qarshi oʻyinda Kes Daniya Superligasida debyut qildi. 6-dekabr kuni „Esbjerg“ga qarshi kechgan duelda Lyoks „Sonderjysk“ uchun birinchi golini urdi.

Xalqaro faoliyati



2008-yilda Gollandiya olimpiya terma jamoasi tarkibida Lyoks Pekin Olimpiadasida ishtirok etgan.

Statistika



2018-yil 6-iyun holatida[12][13]

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz