KECHUA



KECHUA (kichua) — indeys xalqi. Peruda (7,7 million kishi), Ekvadorda (4,3 million kishi) va Boliviyada (2,47 million kishi). Shuningdek, Argentina, Chili va Kolumbiyada ham yashaydi. Umumiy soni 14,87 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Kechualar inklar tamaddunini yaratuvchilar avlodi. Kechua tilida so’zlashadi. Dindorlari — katoliklar.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Uzpedia.uz