Kechki hilol




Hilol , kechki hilol — hiloldoshlarga mansub koʻp yillik oʻt turi. Poyasi yakka, oʻtkir, uch qirrali. Boʻyi 30—100 sm. Barglari yassi, toʻpguli soya-bonsimon, oʻzaro teng boʻlmagan nurlardan tashkil topgan, koʻpgulli, toʻpgulining ostida keng guloldi barglari bor. I yun - i yulda gullab, avgustda urugʻlaydi. Choʻl va adirlardagi nam va botqoq yerlar, daryo vodiylari, ariq boʻylari, sholipoyalar va sugʻoriladigan ekinlar orasida oʻsadi.



uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz