Kechkemet




Kechkemet — Vengriyaning markaziy qismidagi shahar. Bach-Kishkun medyesining maʼmuriy markazi. Dunay va Tisa daryolari oraligʻida. Aholisi 105 ming kishi (1997). Transport yoʻllari tuguni. Mashinasozlik (jumladan, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, radiotexnika, stanoksozlik), poyabzal, yogʻochsozlik, oziqovqat (vinochilik, meva va sabzavot konservalash, spirt-araq, un tortish) sanoati korxonalari mavjud; qurilish materiallari ishlab chiqari-ladi. Q. x. ilmiy tadqiqot instituti bor. Anʼanaviy qishloq xoʻjaligi yarmarkalari oʻtkaziladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz