Kechikkan hayot
Kechikkan hayot — rejissor Ayub Shahobiddinovning 2010-yilda suratga olgan psixologik drama va melodrama janridagi filmi. Mazkur film bir nechta xalqaro festivallar va kino taqdimotlarda namoyish etilgan, xususan 2012-yilda Rossiyaning Omsk shahrida boʻlib oʻtgan „Zolotoy Vityaz“ xalqaro festivalida birdaniga ikkita, „Eng yaxshi aktyor“ nominatsiyasi boʻyicha hamda festivalning „Bronzoviy vityaz“ sovirini bilan taqdirlangan. Bundan tashqari film Hindistonda anʼanaviy ravishda tashkil etiladigan „Doʻstlik“ kinofestivalining beshinchi anjumanida ham namoyish etilgan va kritiklar tomonidan ijobiy baholangan.
Mazmuni
Filmning bosh qahramonlaridan biri, Shahodat shaharda yashaydi. U taniqli xususiy nashriyotda redaktor boʻlib ishlaydi. Uning hech qanday moliyaviy qiyinchiligi yoʻq, ammo shaxsiy hayotida muammolari yetarlicha. Yoshi 30 da, ammo haligacha turmush qurmagan. U hayotini oʻzgartirishi kerakligini tushinib yetadi va hozirgi hayot tarzidan voz kechib qishloqda yashaydigan Hamlet ismli qassob yigitga turmushga chiqadi. Turmushda ularni sinovlar kutadi…
Rollarda
Mukofotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org