Keanan Bennetts




Keanan Chidozie Mbaeri Bennetts (talaffuzi: Kinan Bennetts; 1999-yil 9-martda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi, Germaniya 2.Bundesligasining Darmshtadt klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



Borussia Mönchengladbach



Bennetts 2018-yilda „Tottenham“ akademiyasidan Mönchengladbachning „Borussia“ siga kelib qoʻshilgan edi. 2020-yil 16-iyun kuni Bundesligada Mönchengladbachning „Borussia“ jamoasi safida professional debyutini oʻtkazdi. VfL "Wolfsburg " jamoasiga qarshi oʻyinning 90-daqiqasida Lars Shtindl oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi. Uchrashuv 3:0 hisobida yakunlandi.

Ipswich Town (ijara)
2020-yil 2-oktyabrda Bennetts Ipswich Townga mavsumiy ijara shartnomasi asosida qoʻshildi. Ipswich Town 10-oktyabr kuni „Blackpool“ga qarshi safarda 4:1 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda Bennets ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushib „Ipswich“ safida debyut qildi. 15-dekabr kuni Bennetts Ipswich safidagi birinchi golini Burton Albionga qarshi urdi. Uchrashuv 2:1 hisobida yakunlandi. Bennetts „Ipswich“da ijarada oʻynab yurgan vaqtida 30 ta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urgan.

Darmstadt



2022-yil 21-oktabrda Bennetts Germaniya 2.Bundesliganing „Darmshtadt“ klubiga bilan bir yillik shartnoma asosida kelib qoʻshildi.

Terma jamoadagi faoliyati



Bennetts 2014-yilda 15 yoshgacha boʻlgan Germaniya terma jamoasida ikkita oʻyin oʻtkazgan. Keyinchalik Angliya terma jamoasiga oʻtib, xalqaro miqyosda himoya qildi. Shuningdek, otasi orqali Nigeriya vakili boʻlish huquqiga ham ega edi. Lekin 2019-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida Nigeriya safida ishtirok etishdan bosh tortdi.

Shaxsiy hayoti



Bennetts Londonning Edgvar shahrida tugʻilgan. Onasi nemis, gamburglik, otasi esa nigeriyalik. Oʻzi nemis tilini yaxshi biladi. Akasi Jayden Bennetts ham futbolchi.

Faoliyat statistikasi



15-dekabr, 2021-yilgi holat boʻyicha

Terma jamoada




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz