Kean Bryan
Kean Shay Bryan (talaffuzi: Kin Shay Brian) (1996-yil 1-noyabrda tugʻilgan) — angliyalik futbolchi. Kean Bryan Angliya chempionati vakili „West Bromwich Albion“ futbol klubida himoyachi sifatida oʻynaydi.
Faoliyati
Manchester City
Kean Bryan oʻz faoliyatini 11 yoshida "Manchester City" futbol klubining yoshlar jamoasida boshlagan. Bu yerda Kean Bryan yarim himoyachi pozitsiyasidan markaziy himoyachi pozitsiyaga oʻtgan.
2016-yil 31-avgustda Kean Bryan 2016—2017-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun ijara asosida „Bury“ futbol klubi jamoasiga qoʻshildi. Kean Bryan 3-sentyabr kuni Angliya futbol ligasi doirasida „Port Vale“ futbol klubi ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda Niall Maher oʻrniga 71-daqiqada maydonga tushib oʻzining ilk oʻyinini oʻtkazdi.
2017-yilning 31-avgustida Kean Bryan 2018-yil yanvarigacha „Oldham Athletic“ futbol klubi safiga ijaraga berildi. 2018-yil 17-may kuni Kean Bryan klubning yillik taqdirlash marosimida „Oldham Athletic“ futbol klubida mavsumning eng yaxshi yosh oʻyinchisi sovrinini qoʻlga kiritdi.
Sheffield United
2018-yilning 2-avgustida Kean Bryan „Sheffield United“ futbol klubi safiga bepul transfer orqali qoʻshildi va uch yillik shartnoma imzoladi. Shartnomaga sotish bandi kiritilgan edi. Kean Bryan 2020-yil 30-yanvarda „Bolton Wanderers“ futbol klubi bilan olti oylik ijara shartnomasi imzoladi.
West Bromwich Albion
2021-yil 7-sentyabrda Kean Bryan „West Bromwich Albion“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Kean Bryan 2021-yilning 3-noyabrida „ Hull City“ futbol klubi bilan boʻlib oʻtgan oʻyinda (1:0) jarohat olib, mavsumning qolgan qismida safdan chiqqan edi.
Oʻyin uslubi
Markaziy himoyachi yoki yarim himoyachi sifatida harakat qila oladigan Kean Bryan oʻzining maydonni koʻra olish qobiliyati va toʻpni aniq uzatish qobiliyati, shuningdek, uzoq masofadan zarbalar berish va penaltini aniq amalga oshira olishi bilan ajralib turadi.
Shaxsiy hayoti
Kean Bryan 2016-yildan beri aktrisa Brooke Vincent bilan yaqin munosabatda boʻlib kelgan. Kean Bryan va Brooke Vincentning 2019-yil oktyabr va 2021-yil may oylarida tugʻilgan ikkita oʻgʻillari bor. Kean Bryanning onasi 2020-yil iyun oyida vafot etgan.
Statistika
Manbalar
uz.wikipedia.org