Kazuarlar




Kazuarlar , Avstraliya tuyaqushlari (Casuariiformes) — koʻkrak-tojsiz, yaʼni yuguruvchi qushlar turkumi. Ikkita oilaga birlashgan 14 turi bor (3 turi emu oilasiga, 11 turi Kazuarlar oilasiga kiradi). Kazuarlar Avstraliyada va uning atrofidagi Yangi Gvineya, Tasmaniya, Seram va Aru kabi orollarda tarqalgan (Avstraliya tuyakushlari nomi ham shundan). Kazuarlarning boʻyi 1,8 m, ogʻirligi 80—90 kg gacha. Oyoklari kuchli, uch barmokli. Kazuarlar ucholmaydi, yaxshi yuguradi, qalin tropik oʻrmonlarda yashaydi. Xas-choʻplardan yerda uya quradi, 3—5 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumni erkagi bosadi. Tuxumdan 1,5— 2 oyda joʻja ochadi. Kazuarlar mevalar va urugʻlar bilan oziklanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz