KAZUARLAR, Avstraliya tuyaqushlari (Casuariiformes) — ko’krak-tojsiz, ya’ni yuguruvchi qushlar turkumi. Ikkita oilaga Birlashgan 14 turi bor (3 turi emu oilasiga, 11 turi Kazuarlar oilasiga kiradi). Kazuarlar Avstraliyada va uning atrofidagi Yangi Gvineya, Tasmaniya, Seram va Aru kabi orollarda tarqalgan (Avstraliya tuyaqushlari nomi ham shundan). Kazuarlarning bo’yi 1,8 metr, og’irligi 80-90 kilogrammgacha. Oyoqlari kuchli, uch barmoqli. Kazuarlar ucholmaydi, yaxshi yuguradi, qalin tropik o’rmonlarda yashaydi. Xas-cho’plardan yerda uya quradi, 3-5 ta tuxum qo’yadi. Tuxumni erkagi bosadi. Tuxumdan 1,5— 2 oyda jo’ja ochadi. Kazuarlar mevalar va urug’lar bilan oziqlanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish