Kazu
Kazu (inglizcha: kazoo) — Amerika xalq cholgʻu asbobi, skiffl skiffle) musiqiy uslubida qoʻllaniladi.
Tuzilishi
Kazu — bir uchi torayib boruvchi metall, plastmassa yoki yogʻoch silindr. Silindr yuqori yuzasining oʻrtasiga papiros qogʻozidan yasalgan membranali metall mantar oʻrnatiladi. Kazooda musiqa ijro etish uchun unga qoʻshiq aytish kerak, qogʻoz membrana ovozni sezilarli darajada oʻzgartiradi.
Rossiyada kazuga oʻxshash asbob uzoq zamonlardan maʼlum boʻlgan — bu tishlarga qoʻyiluvchi papiros qogʻozli taroq. Evgeniy Vaxtangov bu cholgʻu asbobidan „Malika Turandot“ spektaklida maxsus effekt uchun foydalangan — kerakli vaqtda skripkachilar skripkalarini qoʻyib, taroqlarda vals chalishgan. Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi skiffle ansambllarida kazoo yuvish taxtasi singari noanʼanaviy musiqa asboblariga joʻr boʻladi. Yuvish taxtasi ustiga angishvona va yoki kontrabas bilan chalinadigan, rux qoplangan togʻoraga belkurak dastasi oʻrnatilib yasalgan (skiffle bass), tovonlari bilan musiqa ritmiga mos yuradigan yogʻoch odam (Limber Jack) tuba tovushiga oʻxshab bas tovush chiqarish uchun ikki gallonlik viski solinadigan sopol idish (whiskey jug, jaga) va hokazolar oʻrnatilib qoʻllanadi.
Kazuning tor uchini yopish yoki qogʻoz membranani barmoq bilan bosish, boʻshatish orqali maʼlum bir ritmik naqsh hosil qilish mumkin.
Klarkning XIX asrning 40-yillarida ishlab chiqqan metall kazusi klassik shakl va oʻlchamlarga ega. Mantari buramali boʻlib, bu membrananing bosimini sozlashni osonlashtiradi va shu bilan kazuni „sozlaydi“.
Tarixi
1916-yilda Nyu-Yorkning Eden shahridagi Original American Kazoo kompaniyasi kazu cholgʻu asbobini ommaviy ishlab chiqara boshladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org