KAZEIN



KAZEIN (lotincha caseus — pishloq) — murakkab oqsil, fosfoproteid. Sutni proteolitik fermentlar ta’sirida tvorogga aylantirishda kazeinogen dan hosil bo’ladi. Tvorogning asosiy massasini tashkil etadi. Kazein tuzli eritmalar (neytral va ishqorli muhit)da eriydi, kislota ta’sir ettirilganda cho’kadi. Kazein molekulyar modda 30.000—400000. a, r\ u fraktsiyalaridan tarkib topgan. Sut va sut mahsulotlarining oqsilli asosiy qismi. Ayollar sutida 0,3—0,9%, sigir sutida 2,8—3,5% Kazein bor. Muhim oziq modda, tarkibida ko’pgina aminokislotalar mavjud. Bo’yoq, yelim, plastmassa, dorivor moddalar, oziq-ovqat mahsulotlari, sun’iy tola tayyorlashda ishlatiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz