KAZBEK
KAZBEK (gruzincha Mkinvari — muzli; osetincha Ursxox — oq tog’) — katta Kavkazning yon tizlshsidagi cho’qqi, Gruziyada. Balandligi 5033 metr. Yon bag’irlari subalp o’tloqlari, undan yuqorisi mangu qor bilan qoplangan. Muzliklar (umumiy maydoni 135 kilometr kvadrat) bor. Gerget muzligida baland tog’ meteorologiya stansiyasi joylashgan. Alpinizm va turizm rayoni.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz