KAZARKA
KAZARKA (Branta) — g’ozsimonlar turkumiga mansub qush urug’i, 5 ta turi bor. Tashqi ko’rinishi g’ozga o’xshaydi, ammo ancha kichik. Rangi har xil, asosan, qoramtir, panjalari qora, jinsiy dimorfizmi rivojlanmagan. Yevropa, Osiyo, shimoliy Amerikada tarqalgan. O’zbekistonda qizil tomoq Kazarkani ba’zan migratsiya davrida uchratish mumkin. Kazarkalar muhim ov qushi hisoblanadi. Gavay Kazarka (V. sandvicensis) xalqaro tabiatni muhofaza qilish Ittifoqi qizil kitobiga kiritilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz