Kayrat Ermetov




Qayrat Ermetov (1984-yil 23-may, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik togʻ changʻi sportchi. 2006-yilda qishki Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan.

Tarjimai hol



Qayrat Ermetov 1984-yil 23-mayda Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida tugʻilgan.

U 2003-yildan togʻ changʻi sporti boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibiga kiradi. Ermetov 2003-yil fevral oyida Yaponiyada boʻlib oʻtgan changʻi sporti Xalqaro federasiyasi musobaqasi egidi ostida birinchi marotaba ishtirok etadi.

2004-yil mart oyida u Turkiyadagi musobaqada ikki karra gʻolib boʻladi.

Kayrat Ermetov 2005-yilda Bormiodagi ulkan slalom boʻyicha jahon chempionatida 71-oʻrinni egallaydi va slalom boʻyicha ikkinchi urinishda marraga yetib kelolmaydi.

U 2006-yilda Turindagi qishki Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibiga kiradi. Slalom boʻyicha ikki urinishda jami 2 daqiqa-yu 20,88 soniya natija koʻrsatib, avstriyalik gʻolib raqibdoshi Benjamin Rayxdan 37,74 soniya ortda qolib, 46-oʻrinni egallaydi. Olimpiyadaning ochilish va yopilish marosimida Oʻzbekiston terma jamoasi bayroqdoriga aylandi.

Shunday qilib, Kayrat Ermetov 2008-yilda sportdagi faoliyatini tugatadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz