Kayqubodshoh




Kayqubodshoh - qad. Baqtriyadagi shahar harobasi (taxminan miloddan avvalgi 2-asr — milodiy 2—3-asrlar). Hozirgi Shahrituz (Tojikiston) tumanidagi Nosir Hisrav shahrichasi yaqinida. 1950, 1952—53 yillarda arxeologik qazishma ishlari olib borilgan. Toʻgʻri burchakli (300×400 m) devor (eni 4 m, boʻyi 6 m) va istehkom saqlangan boʻlib, Shim. Baqtriya va Afgʻonistondagi qad. shaharlarni oʻragan istehkomlarga oʻxshaydi. K.dan tangalar, sopol buyumlar, sargʻish loydan ishlangan haykalchalar topilgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz