KAYQUBODSHOH
KAYQUBODSHOH – qadimgi Baqtriyadagi shahar xarobasi (taxminan miloddan avvalgi 2-asr — milodiy 2-3-asrlar). Hozirgi Shahrituz (Tojikiston) tumanidagi Nosir Xisrav shaharchasi yaqinida. 1950, 1952-53 yillarda arxeologik qazishma ishlari olib borilgan. To’g’ri burchakli (300×400 metr) devor (eni 4 metr, bo’yi 6 metr) va istehkom saqlangan bo’lib, shimoliy Baqtriya va Afg’onistondagi qadimgi shaharlarni o’ragan istehkomlarga o’xshaydi. Kayqubodshohdan tangalar, sopol buyumlar, sarg’ish loydan ishlangan haykalchalar topilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz