Kaylas




Kaylas — Xitoydagi togʻ tizmasi, Tibet togʻligining jan.da. Shim.gʻarbdan jan.-sharqqa tomon Himolay togʻlariga parallel yoʻnalishda 300 km ga choʻzilgan. Eng baland joyi 6714 m (Kaylas togʻi). Asosan, granit jinslardan tuzilgan. Jan. yon bagʻri tik, kuchli yemirilgan, shim. nisbatan qiya. Qor chizigʻi 5700—5900 m balandlikdan oʻtadi. Muzliklar bor. Baland togʻlarga xos quruq dasht landshafti ustun. K.dan Hind va Brahmaputra daryolari irmoqlari boshlanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz