Kaykovus chorbog‘i




Kaykovus chorbogʻi - shayboniylardan Suyunchxoʻjaxon tomonidan Toshkentda bunyod etilgan chorbogʻ (1525-yil). Toshkent hokimlarining qarorgohi hamda jangda yarador boʻlgan oʻzbek sultonlari davolanadigan shifoxona boʻlgan. "Abdullanoma"la keltirilgan maʼlumotga koʻra, 16-asrda Toshkentdagi Kaykovus arigʻi boʻyida (shahar qoʻrgʻoni tashqarisida) "Kaykovus bogʻi" boʻlganligi va bogʻda Toshkent sultonlari yashaganligi aytiladi. Vosifiyning "Badoye ul-vaqoye" asarida keltirilgan maʼlumotlarga qaraganda, K.ch.da shoirlar, musiqachilar va b. oʻz sanʼatlarini namoyish etishgan. Bu bogʻda daraxt va gullarning turli-tuman navlari, mevasiz, manzarali daraxtlar koʻplab ekilgan. Soyasida yozning issiq kunlarida dam olishgan. Yogʻochidan qurilishlarda foydalanilgan. Ayniqsa, Samarqanddan keltirilgan kumushrang terak, qayragʻoch va b. daraxtlar mashhur boʻlgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz