Kaya qabilalar ittifoqi
Kaya qabilalar ittifoqi Tarixi
Eramizning birinchi asrida Koreya yarim orolining janubida
yashovchi pyonxan qabilalari asosida 6 ta siyosiy
qabilalar ittifoqi —Kimkvan Kaya,Tekaya, Sonsan Kaya, Ara Kaya,
Koyon Kaya va Sokaya boʻlgan. Afsonaga koʻra, ularning asoschilari
osmondan tushgan 6 ta oltin tuxum boʻlgan („Samguk yusa“da
yozilgan „Karak davlati haqida yozuvl a r“).-Mazkur qabilalarning
birlashuvi natijasida Kaya nomi paydo boʻlgan. Koguryo, Pekche
va Silladan farqli ravishda bu yerda konfederativ respublikalar
mavjud boʻlib, ularning har biri mustaqil siyosat olib borishgan.
Hududiy nuqtai nazardan Kaya Pekche va Silla oraligʻidagi hudud
sanaladi. Afsonaga koʻra, Kaya 42 — 562 yillarda mavjud boʻlgan.
Kaya qabilalarining birlashuvi mazkur davlatning asoschisi va
birinchi hukmdori Kim Suro (afsonaga koʻra, eramizning 42 yilidan
boshlab hukmronlik qilgan va 158 yil yashagan) tomonidan
Kimkvan Kaya atrofida kechgan. Uning rafiqasi hind malikasi Xo
Xvan-ok boʻlgan. Maʼlum vaqt oʻtib Kaya qabilalari markazi Tekayaga
oʻtgan. Kaya Koguryo, Pekche va Sillaning tajovuzlari ostida
qolgan. Kaya hokimiyati tarqoq boʻlib, oxir-oqibatda barham
topgan. Bu jarayon dastlab Kimkvan Kayada (532 y.), soʻngra Teka
(562 y.)da sodir boʻldi.
Adabiyotlar
V.S.Xan. Koreya tarixi.-T.:2013
uz.wikipedia.org